5,2 mlrd so‘mlik sertifikatsiz dorilarni sotishga uringanlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
14:13 401 1 daqiqa
Namangan viloyatida yashirin omborlar tashkil qilib, ularda 5,2 mlrd so‘mlik sertifikatsiz dorilarni saqlagan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aholi salomatligini muhofaza qilish va kontrafakt dori vositalari savdosiga chek qo‘yish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Bojxona hamda Ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi, 2002, 1997 va 1987 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirgan holda, 5 ta xonadonda yashirin omborlar tashkil etib, tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan katta miqdordagi dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlangan.
Natijada, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan va noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan 287 turdagi, jami 46 865 dona, jumladan, “Erinit”, “Gemaza”, “Fenotropil” kabi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Ularning dastlabki taxminiy qiymati 5,2 mlrd so‘mga teng.
Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan sudga oid kimyoviy, tovarshunoslik ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi ayrim dorixonalarda dori vositalari belgilangan narxdan 6 barobargacha qimmat sotilgani aniqlangandi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr