Namanganda o‘qituvchi o‘quvchisini nega ayovsiz do‘pposlagani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Avvalroq Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi 58-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchi o‘quvchisini ayovsiz do‘pposlagani haqida xabar bergan edik. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 13 oktyabr kuni 5 “v” sinfdagi o‘quvchilardan biri boshqa bir sinfdoshi M.X. uning boshiga uraverayotganidan shikoyat qilib, sinf rahbariga arz qilgan.

Sinf rahbari M.E. soat 16:10 da o‘quvchi M.X.ni tartibga chaqirish uchun tushuntirish bergan. Ammo o‘quvchi unga bo‘ysunmasdan odob-axloq me’yori chegaralaridan chiqib, sensirab, qo‘pol munosabatda bo‘lgani tufayli sinf rahbari o‘quvchining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, badanining turli joylariga qo‘llari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhi, tuman hokimligi mas’ullari ta’lim muassasasi rahbariyati hamda psixolog o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazgan, tushuntirish xatlari olingan. 

Mazkur holat hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olinib, o‘quvchi M.E. ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan sinf rahbari M.E.ning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

2956

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing