Namanganda talaba qiz o‘zini osib o‘ldirdi
3-sahifa
−
12 dekabr 2023
15588Namangan davlat universiteti biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi o‘z joniga qasd qilib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Voqea joriy yilning 10 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Namangan davlat universiteti talabalar yotoqxonasida yashab kelgan 21 yoshdagi talaba qiz yotoqxonasida bo‘lgan ikki qavatli yotoq (krovat)ning ikkinchi qavatiga choyshabdan sirtmoq yasab, o‘zini osib qo‘ygan.
Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filialining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhumaning o‘limi bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan qisilishi, mexanik asfiksiya oqibatida sodir bo‘lgani, uning tanasida tan jarohat izlari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.
Namangan davlat universiteti marhuma talaba o‘quv jarayonida faol, fanlarni muntazam ravishda o‘zlashtirib kelganini bildirgan. Uning o‘z joniga qasd qilishiga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Marhum talabaning oila a’zolari universitetga hech qanday e’tiroz va da’volari yo‘qligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 21 yoshli kelin, Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston tumanida yashovchi 20 yoshli ayol va Buvayda tumani 16 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilgandi. Noyabr oyi oxirida Toshkentda Turkiya fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan qiz o‘zini 6-qavatdan tashlagandi.
LiveBarchasi