Namanganda spirtli ichimlik so‘rab, janjal qilgan mast ayol qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Namangan viloyati Chortoq shahrida spirtli ichimlik so‘rab, janjal qilgan mast ayolni somsapaz sudrab haydagani haqida xabar berilgandi. Chortoq tuman sudi ish bo‘yicha huquqbuzarlar va guvohlarning ko‘rsatmalari hamda ishga ilova qilingan dalil, hujjatlarni o‘rganib, qaror qabul qildi

Ma’lumot uchun, joriy yilning 5 iyun kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va janjalkash shaxs sifatida tuman IIBning profilaktik hisobida turuvchi G.T. (ayol) Chortoq tumaniga mast holda borib, Chortoq shahar avtoshohbekatida hech qanday sababsiz janjal ko‘targan va hududdagi do‘kon hamda boshqa ob’ektlarning oynalarini sindirib, ularga ziyon, o‘ziga esa tan jarohati yetkazgan. 

Ayol shu yerda ishlovchi somsapazning idishlarini ham sindirib tashlaganidan so‘ng, 1988 yilda tug‘ilgan somsapaz X.Yu. ayolga bu yerdan ketishini tushuntirgan, biroq ayol spirtli ichimlik talab qilib, janjal ko‘tarishda davom etgan.  Shundan so‘ng, X.Yu. ayolning sochidan tortib, uni bekatdan tashqariga olib chiqish uchun sudragan.

Sud qaroriga ko‘ra, mast holda janjal ko‘tarib, hududdagi buyumlar va ob’ektlarga zarar yetkazgan ayolga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Fuqaro X. Yu. (somsapaz)ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi bilan ayb e’lon qilinib, jarima jazosi belgilandi. 

Fuqaro D. S. va A. S.(ayolni qo‘lidan tortib tinchlantirishga uringanlar)ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. 

Fuqaro A. T. (videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan)ga nisbatan a’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1891-moddasi bilan ushbu kodeksning 33-moddasini qo‘llab, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Ushbu jarimalar davlat foydasiga undirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Chortoq

Baholaganlar

227

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing