Namanganda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 28 iyun kuni Namangan viloyati Mingbuloq tumanida somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 11:13 da tumanning “Qo‘g‘aliko‘l” MFY hududida sodir bo‘lgan. Mazkur hududda harakatlanib ketayotgan 320 dona prestlangan somon ortilgan Mercedes-Benz 817 mahalliy elektr simlariga tegib ketish oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida transport vostitasi bilan birga 200 dona prestlangan somon yonib ketgan.

Xabarga ko‘ra, hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan

Baholaganlar

163

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing