Namanganda soliq inspeksiyasi mansabdori pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
03 avgust 2023
7030Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari 2 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari J.M. “O.F." MCHJning yopib qo‘yilgan hisobraqamini ochib berganligi evaziga "S." MCHJ yuristi Yu.O. (sobiq DSI xodimi) orqali tadbirkor M.A.dan 2 ming dollar pora talab qilib, ushbu pullarni Yu.O. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan va Yu.O.ga nisbatan 28, 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi