Namanganda savdo do‘koni 1 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘mardi
3-sahifa
−
12:46 1083 1 daqiqa
Namangan shahrida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura shtabi tomonidan Namangan shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida yakka tartibdagi tadbirkor U. Z. ga qarashli savdo do‘koni o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 80 million so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq ikki holat aniqlangan edi.
Live
Barchasi