Namanganda poyezd Gentra’ni urib yubordi. 6 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Chortoq va Uychi bekatlari o‘rtasidagi qo‘riqlanmagan temiryo‘l kesishmasida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gentra yengil avtomobilining haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temiryo‘lni kesib o‘tishga uringan. Mashinada olti kishi bo‘lgan: besh ayol va kichik bola. Kuchli to‘qnashuv oqibatida mashinadagilarning hech biri omon qolmagan.

Poyezd mashinistlari shoshilinch tormoz bergan, ammo fojiani oldini olishning iloji bo‘lmagan. Poyezdga ham ozgina zarar yetgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Angren shahri hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lida bir nechta transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani va buning oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani habar qilingandi. Keyinchalik, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning 9 sentyabrda imzolangan farmoyishida mudhish voqeada 11 kishi halok bo‘lgani, 6 kishi turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonaga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH poezd Gentra temiryo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing