Yuk poyezdi 82 yoshli otaxonni urib yubordi
Jamiyat
−
02 dekabr 2019
8241Bugun, 2 dekabr kuni Namanganda 82 yoshli otaxon poyezd urib yuborishi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti ma’lum qildi.
2 dekabr soat 05:50 larda elektrovoz mashinisti 28 yoshli A.Sh. boshqaruvidagi 1230-sonli yuk poyezdini Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi “Qo‘shminor-Pop” temir yo‘l oralig‘ining 115 km 1-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda T.M.ni urib yuborganligi natijasida u hodisa joyida vafot etgan.
1230-sonli yuk poyezdi soat 05:50 da to‘xtab, soat 06:37 da o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketgan.
Hozirda hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
LiveBarchasi