Namanganda nonchilar nom talashdi (video)
3-sahifa
−
15 may 8524 2 daqiqa
Joriy yilning 13 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Qo‘shminor” mahallasi hududida joylashgan “Patir-non” bilan savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar o‘rtasida janjal aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Namangan viloyati IIB tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Aniqlanishicha, yuqorida ko‘rsatilgan hududda savdo qiluvchi Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan “Sanjar patir” nomi ostida savdo qiluvchi fuqaro S.Sh. shu hududda yana bir “Sanjar patir” nomi ostida savdo qilayotgan Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro X.A.ning savdo shoxobchasi oldiga borib, tadbirkorlik nomini o‘zlashtirib olganlikda ayblab, o‘zboshimchalik bilan X.A.ning mol-mulkiga qasddan shikast yetkazgan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida barcha ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritilib, ushbu hodisa bo‘yicha biror bir shaxs tan-jarohati olmagani aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat bo‘yicha Pop tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, fuqaro S.Sh.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61²-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 183-moddasi (mayda bezorilik) va 200-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan va to‘plangan hujjatlar qonuniy hal etish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termiz shahrida bezorilik harakatlarini sodir etgan bir guruh shaxslar qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi