Namanganda noma’lum maxluqning skeleti topildi. U dinozavrga tegishlimi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda dinozavr skeleti topilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi bu bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

Xabar qilinishicha, noyob topilma Namangan tumani Qoratepa qishlog‘i xonadonlaridan birida aniqlangan. Xonadon egasi issiqxona tashkil etish maqsadida qazish ishlarini olib borayotgan vaqtda bus-butun holda saqlangan noma’lum hayvonning suyak qoldiqlariga duch kelgan. 

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi xodimlari, Namangan davlat universiteti olimlari birgalikda olib borgan tekshirish xulosalariga ko‘ra, mazkur hayvon skeleti dinozavrlarning indrokateriy turiga mansub yirik sut emizuvchi ekanligi taxmin qilinmoqda.

“Bu mavjudot sut emizuvchilar sinfi, toq tuyoqlilar turkumi, girakodontlar oilasiga (bu oila vakillari neogen davrida iqlimning keskin o‘zgarishi sababli butunlay qirilib ketgan – tahr.) tegishli noma’lum tur. Ular indrikoteriylar (Yer yuzida indrikoteriylar bundan 30-20 million yil oldin yashagan – tahr.) bilan zamondosh bo‘lgan. Topilmaning bo‘yi 1-1,5 metr chamasida, vazni yarim tonnaga yaqin”, deydi mutaxassislardan biri.

Ta’kidlanishicha, yangi topilgan hayvon skeleti Namanganda aniqlangan dastlabki shunday topilma emas. 

“Bundan bir necha yillar avval viloyat teatri atrofida qazish ishlari olib borilayotganda ham shunday skelet – bosh suyagi topilgan, biroq hozirgisi kabi bus-butun saqlanmagan edi”, deydi olim.

Xabarga ko‘ra, hozirda “Qoratepa” mahallasidagi xonadondan topilgan g‘aroyib maxluqning skeletini tomosha qilish uchun har kuni yuzlab odam kelmoqda. Topilmaga ziyon-zahmat yetmasligi uchun yon-atrofi o‘rab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida xalqaro arxeologlar jamoasi Qizilqum cho‘lining O‘zbekistondagi qismidan 2 qavatli avtobusdan ham katta bo‘lgan dinozavrga tegishli dum suyagini topgandi.


Maqola muallifi

Teglar

dinozavr

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing