Namanganda Nexia chirpirak bo‘ldi. Qurbon bor
Jamiyat
−
25 may 2021
7153Kecha, 24 may kuni Namangan viloyatining Pop tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transporti natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
YTH soat 18:00 larda “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 279-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi J.J. Nexia rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va beton to‘siqqa urilib, yo‘ldan chiqib ketib, pastlikka ag‘darilgan.
Natijada, haydovchi hamda yo‘lovchilar 20 yoshli A.R. va 35 yoshli A.Q. tan jarohatlari olib tuman shifoxonasiga murojaat qilishgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchisi Ya.B. olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkent viloyatida 8 ta avtomobil ishtirokida yuz bergan YTHda yetti kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi