Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi: Angrendagi YTHda 7 kishi vafot etgan

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berilganidek, bugun, 24 may kuni soat 09:30 larda Angren shahridan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lida 8 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-tranport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan axborotda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgani ma’lum qilingandi. Tergov departamenti bergan ma’lumotga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasida 7 kishi vafot etgan, 14 kishi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

542

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing