Namanganda Nexia-2 haydovchisi ikki kishini urib yubordi

3-sahifa

image

Namanganda 25 yoshli haydovchi ikki piyodani urib yuborishi oqibatida ulardan biri vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi. 

Kecha, 24 may kuni soat 22:45 larda Davlatobod tumani I.Karimov ko‘chasida 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia-2 mashinasini boshqarib ketayotib, yo‘ldan o‘tayotgan 1999 va 2002 yilda tug‘ilgan piyodalarni urib yuborgan. 

Hodisa oqibatida piyodalar og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay ulardan biri vafot etgan. Ammo boshqarma ularning aynan qaysi biri vafot etganini ochiqlamagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi S.X. Damas avtomashinasida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 14 yoshli ikki nafar o‘quvchi qizni urib yuborgandi. Shundan so‘ng ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida o‘quvchi qizlardan biri vafot etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing