Namanganda mahkuma hibsxonada to‘satdan vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 22 oktyabr kuni sud tomonidan jazo o‘tayotgan mahkuma Namangan viloyati IIB 6-son tergov hibsxonasida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

22 oktyabr kuni soat 02:30lar chamasida Namangan viloyati IIB 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkuma Shoxista M. o‘zi saqlanayotgan hibsxona kamerasida to‘satdan salomatligi yomonlashib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Qayd etilishicha, mahkuma sudning hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 168 va boshqa moddalar bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va mazkur sud hukmidan norozi bo‘lib apellyatsiya shikoyati yozgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida, mahkuma Shoxista M.ning o‘limi “yurakning kamqonlik kasalligi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi, marhumada tan jarohatlari aniqlanmaganligi” ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Bosh prokuratura hibsxona

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing