Namanganda korxona 11 mlrd so‘mlik elektrni o‘mardi
3-sahifa
−
15 iyul 1579 1 daqiqa
Namanganda 11 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura shtabi tomonidan Namangan shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “S. F.” xususiy korxonasiga qarashli noturar binoda elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 11 milliard 80 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlangan edi.
Live
Barchasi