Jizzaxda ikki fermer xo‘jaligi 1,4 mlrd so‘mlik elektrni o‘mardi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “Q.” fermer xo‘jaligi suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 954 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu tumandagi “X. M. Ch” fermer xo‘jaligiga tegishli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlangan. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 456 million so‘mni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida 4,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing