Namanganda ishsiz qoldirilgan fuqaroga 16 mln to‘lab beriladigan bo‘ldi
Jamiyat
−
06 fevral
6327Namangan viloyatida fuqaro sud qaroriga qaramay, ishga olinmadi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro sud qarori bilan ishga olinishi belgilangan. Ammo qaror ijrosi ta’minlanmay kelgan. Shundan so‘ng, u ombudsmanga murojaat qilgan.
Ombudsmanga ko‘ra, ushbu shikoyat nazoratga olingan hamda tegishli idoralarga murojaat qilingan. Natijada fuqaro 2024 yilning yanvar oyidan Uychi tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga bosh mutaxassis sifatida ishga qabul qilingan.
Shuningdek, fuqaroga 4 oy majburiy bekor yurgan vaqti uchun 16 million so‘m ish haqi to‘lab berilishi belgilangan. Hozirda ushbu summadan 6 mln so‘m berilgan. Qolgan pul mablag‘ini undirish esa Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili zimmasiga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsizlar soni 1 million 300 ming nafarni tashkil qilishi aytilgandi.
LiveBarchasi