Namanganda ikkita Damas kanalga tushib ketdi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyati Namangan shahrida ikkita Damas avtomobili Shimoliy Farg‘ona kanaliga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 22 iyul kuni soat 12:50 larda Namangan shahri “G‘uncha”  MFY hududidan oqib o‘tuvchi Shimoliy Farg‘ona kanaliga Damas avtomobili tushib ketgani haqida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga viloyat FVB qutqaruv otryadi xodimlari yetib borib, maxsus texnika yordamida kanaldan avtomobilni olib chiqayotgan vaqtda yana bir Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, o‘sha kanalga tushib ketgan.

Birinchi avtomobil salonida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Ikkinchi avtomobilda 5 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Qutqaruvchilari darhol ikkinchi avtomobil salonidan yo‘lovchilarni qutqarib, hayotlarini saqlab qolgan. Bir nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Olmaliq shahrida va poytaxt Toshkentning Yashnobod tumanida ham Damas avtomobillari suvga tushib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Damas Shimoliy Farg'ona kanali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing