Toshkentda Damas “Salar” kanaliga tushib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 26 aprel kuni Damas avtomobili Toshkent shahar Yashnobod tumani Elbek ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Salar” kanaliga tushib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Voqea Damas rusumli avtomashina haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida soat 20:00 da sodir bo‘lgan. Avtomobilni chiqarib olishda amaliy yordam so‘rab, Toshkent shahar FVB navbatchilik qismiga murojaat qilingan.

Unga ko‘ra, FVBning bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, avtomashinani kanaldan olib chiqqan. Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 aprel kuni Buxoro shahrida Spark rusumli mashina ariqqa tushib ketgandi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent Damas Salar kanali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made