Namanganda “gashish” olib ketayotgan ayollar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Namangan tumanida ikki ayol “Guliston” Mahalla fuqarolar yig‘iniga (MFY) “gashish” giyohvand moddasini olib ketayotgan paytda ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 14 fevral kuni Namangan tumani “Ravnaq” MFY hududida harakatlanib kelayotgan Damas mashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda, yo‘lovchi bo‘lgan ayollar yonidan ikki dona qora paketga o‘ralgan olti bo‘lak og‘irligi 627 gramm “gashish” giyohvand moddasi chiqqan.

Surishtiruv harakatlari natijasida mazkur giyohvandlik moddasini ushbu shaxslar Yangi Namangan tumani “Guliston” MFYda yashovchi ayollarga olib ketayotganini ma’lum qilgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, “Guliston” MFY hududida giyohvand moddasini ikki nafar ayol qabul qilgan paytda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olinib, ashyoviy dalillar bilan hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Qirg‘iziston orqali giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan kurerlar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan gashish giyohvandlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing