Namanganda fuqaroning 10 mln so‘mini “uxlatgan” soxta treyder ushlandi
3-sahifa
−
15 avgust 2024
2554Namangan viloyatida firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Bildirilishicha, Namangan viloyatida yashovchi ayol U.M. ariza bilan murojaat qilib, 10 mln so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi R.N. sodir etgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi R.N. jabrlanuvchi U.M. bilan Telegram messenjeri orqali tanishib, unga o‘zining treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilgan. Natijada u aldov yo‘li bilan 10 mln so‘m miqdoridagi mablag‘ni olib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukusda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlangani haqida xabar berilgandi.
Maftuna Madaminova
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar