Namanganda fuqaro suv uchun tanishini do‘pposlab, o‘ldirib qo‘ydi
3-sahifa
−
21 noyabr 2021
7584Namangan viloyatining Davlatobod tumanida ikki kishining suv ustida boshlangan mushtlashuvi ulardan birining o‘limi bilan yakulandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro Davlatobod tumani “Yuksalish MFY hududida “Namangan parranda sanoat” MCHJga qarashli bog‘iga suv quyish maqsadida borgan va soat 21:00 lar atrofida o‘sha yerda yoshovchi tanishi bog‘iga yo‘naltirilgan suvni to‘sib olganidan g‘azablanib, ikki o‘rtada janjal yuzaga kelgan.
Fuqaro janjal vaqtida tanishining bosh va tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib, do‘pposlab, jarohat yetakazadi. Jarohat olgan fuqaro oila a’zolari tomonidan To‘raqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilib, davolanishga yotqizilgan.
Biroq tibbiy muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi oradan 4 kun o‘tib, shifoxonada vafot etgan. O‘lim sababi sifatida bosh miya og‘ir yopiq shikasti, bosh miyaning og‘ir darajali lat yeyishi va qon quyilishi hamda o‘tmas buyum ta’sirida hosil bo‘lgan tan jarohatlari ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qism “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqaro qamoqqa olingan. Tergov hujjatlari esa ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
LiveBarchasi