Namanganda Forobiyning kitobi va Amir Temur askarining qilichi topildi
Bu qiziq
−
09 iyul
26372Namangan viloyatida XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari hamda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Shu bilan Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana o‘n adadga ortdi. Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U Axsikent temirchilari tomonidan qattiq po‘latdan yasalgan. Ikkinchi aslaha esa XIV asrga oid bo‘lib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatgan. Baqtriya tangasi 475-600 yillarga, Xitoy tangasi esa XIX asrga oid.
“Tanganing o‘ng tomonidagi 2 iyeroglif: Kashi / Kashi 喀什 - Qashqar. Chap tomonidagi 2 iyeroglif : san / san 参 - va jir / jin 金 – oltin, deb yozilgan. Tanganing tepa qismidagi 1 iyeroglif: guang / guang 光- yorug‘lik ma’nosini beradi. Past qismidagi 1 iyeroglif: yuan / yuan 圓 yumaloq, ya’ni doira degan ma’noni beradi. Tanganinn o‘rtasidagi teshilgan joyidagi iyeroglifni o‘qish qiyin. Biroq, u shyuy 緒 iyeroglifini bildiryapti. Chunki Gaungshyuy / Guangxu 光緒 nomiga o‘xshayapti. U 1875-1908 yillarda Xitoyni boshqargan”, deydi tarixchi olim Sherali Qo‘ldoshev.
Shuningdek, Abu Nasr Forobiy tomonidan yozilgan uchta nodir kitob ilm-ma’rifatga, falsafa va tarixga oid bo‘lib, unda noyob ilm bitilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hududida bo‘lgan qadimiy Axsikent shahri xarobalaridan Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar, Damashq qilichlari hamda noyob tangalar topilgandi. Shuningdek, Toshkentdagi xonadondan qadimiy kitoblar topilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi