Namanganda “dom” yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
29 aprel
3582Bugun, 29 aprel kuni Namangan shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 10:36 da Namangan shahar “Obihayot” MFY Boborahim Mashrab ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Namangan shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yong‘in qutqaruv ekipaji soat 10:41 da yetib borib, soat 10:44 da yong‘in qutqaruvchilar tomonidan o‘rab olinib, soat 11:02 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida uyning 40 kvadrat metr joyidagi qisman uy jihozlari hamda xonadon egalariga tegishli hujjatlar yonib zararlangan.
“Yong‘in oqibatida kuyib tan jarohati olganlar kuzatilmadi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, yong‘in qutqaruvchilar tomonidan xonadonning 80 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
“Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 aprel kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan qurilish mahsulotlari omborxonasida yong‘in chiqqan edi.
LiveBarchasi