Toshkentda omborxona yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
28 aprel 4848 1 daqiqa
Bugun, 28 aprel kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan qurilish mahsulotlari omborxonasida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 07:00 da Mirobod tumani “Abdurauf Fitrat” MFY G.Aliyev ko‘chasida joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar qilingan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 07:02 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:33 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida omborxonaning taxminan 500 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Yong‘inni bartaraf etishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q. Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Zangiota tumani “Olim polvon” mahallasi Kamoliddin Behzod ko‘chasida joylashgan gilam do‘konida yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar kuzatilmagan.
Live
Barchasi