Toshkentda 43 yoshli erkak va 57 yoshli ayol vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 153 nafarga yetdi. Toshkentda yana ikki bemor virus qurboniga aylandi.

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 43 yoshli R.A. (erkak) 27 iyul kuni og‘ir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil stenokardiya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir poytaxtlik 57 yoshli R.K. (ayol) da 21 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan. 

Shuningdek, unda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar ham bo‘lgan.

Ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, infeksion toksik shokdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing