Namanganda Damas urib yuborgan 75 yoshli fuqaro halok bo‘ldi
3-sahifa
−
06 Oktabr 2021
4336Joriy yilning 1 oktyabr kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 75 yoshli fuqaro halok bo‘ldi.
YTH soat 13:45 larda Yangiqo‘rg‘on tumani “Sutlibuloq” mahallasi hududida yuz bergan. Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1969 y.t. fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1946 y.t. fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021-yil 1-oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi