Namanganda Damas bolalarni bosib ketishiga oz qoldi. Haydovchilar jazolandi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 15 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida Damas rusumli transport vositasi piyodalar o‘tish yo‘lagidan kesib o‘tayotgan bolalarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostida qoldirgan holat keng tarqalib, jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha Namangan viloyat Yo‘l harakati xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan. Haydovchiga esa qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

“9 dekabr kuni soat 08:15 larda o‘zim boshqarib kelayotgan avtomobilimda ketayotganimda “peshaxod”da mashinalar orasidan bolalar tez yugurib yubordi. O‘zim ham qo‘rqib ketdim. Mashinani “parkovka” qilishda, “peshaxod”larda hushyor bo‘lishlaringni so‘rab qolamiz. O‘zimiz ham afsusdamiz”, deydi Damas haydovchisi.  

Ushbu xavfli holat sodir bo‘lishida piyodalar o‘tish yo‘lagi oldida Spark rusumli transport vositasining to‘xtash qoidasini qo‘pol ravishda buzib qoldirilgani ham sabab bo‘lgan.  Xususan, Spark Damas haydovchisi yo‘lni to‘liq ko‘rishi uchun to‘sqinlik qilgan.

“Ish joyimga ketayotgan paytimda zarurat bilan to‘xtab qoldim “peshoxod”ga. Hammalaringdan uzr so‘rab qolaman. Boshqa bu ish takrorlanmaydi”, deydi Spark haydovchisi.

Ushbu holat yuzasidan Damas rusumli transport vositasi haydovchisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasi (haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan, yashil maydonlardan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) 1-qismiga asosan hamda Spark rusumli transport vositasi haydovchisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-6-moddasi (transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida Tracker velosipedchini urib ketgandi. Ushbu YTH oqibatida 2016 yilda tug‘ilgan velosipedchi U.E. tan jarohati olmagan. U RSHTYOIM Andijon filialida shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, yashash xonadoniga ruxsat berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Damas Spark

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing