Andijonda Tracker voyaga yetmagan velosipedchini urib ketdi
3-sahifa
−
15 dekabr 1981 1 daqiqa
Kecha, 14 dekabr kuni Andijon viloyatida Tracker velosipedchini urib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:10 larda Andijon shahar Furqat ko‘chasida 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi G‘.Sh. o‘zining Tracker rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, oldinda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan velosipedchini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida 2016 yilda tug‘ilgan velosipedchi U.E. tan jarohati olmagan. U RSHTYOIM Andijon filialida shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, yashash xonadoniga ruxsat berilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar IIOFMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangiyo‘lda avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgandi.
Live
Barchasi