Namanganda cho‘milmoqchi bo‘lgan yigit daryoda cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
06 iyun 2023 8865 1 daqiqa
Namangan viloyati Uychi tumanida cho‘milmoqchi bo‘lgan talaba yigit Norin daryosiga cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 6 iyun kuni soat 13:00 lar atrofida Uychi tumanidan oqib o‘tuvchi Norin daryosiga cho‘milish maqsadida borgan yigit ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgan. Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in-qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borib, qidiruv ishlarini olib borayotgani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi kanalda cho‘kib ketgandi. Joriy yilning 25 may kuni esa Katta Farg‘ona kanalida maktab bitiruvchisi oqib ketgan. Oradan 9 kun o‘tib, 3 iyun kuni uning jasadi topildi.
Shuningdek, Samarqand viloyatidagi Zarafshon daryosida 3 nafar voyaga yetmagan bola cho‘kib ketgandi. Ularning faqat bittasini murdasi topilgan.
Bundan tashqari, Andijonda sevgan qizini qutqarmoqchi bo‘lgan 20 yoshli yigit ham kanalda cho‘kkandi.
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel