Namanganda birovning nomiga kredit olgan bankir ushlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida boshqa ayolning nomiga 15 milliondan ortiq kredit rasmiylashtirib, o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan bank xodimi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Bildirilishicha, markazga Uychi tumanida yashovchi 50 yoshli ayoldan uning nomiga roziligisiz 15 million 460 ming so‘m kredit rasmiylashtirilgani, pullar esa uning bank kartasiga tushirilib, darhol boshqasiga o‘tkazib olingani haqida ariza kelib tushgan.

Ushbu murojaat asosida Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Natijada ushbu jinoyatni Namangan viloyati, Uychi tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro sodir etgani aniqlandi.

Gumonlanuvchi bank ish boshqaruvchisi lavozimida ishlashi, xizmat vakolatidan foydalangan holda fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari orqali uning nomiga kredit rasmiylashtirgani ma’lum bo‘lgan. Shu orqali u oson topilgan pullarni noqonuniy o‘zlashtirib olgan.

"Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, gumonlanuvchining fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom etmoqda", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz,  avvalroq Samarqandda o‘zganing nomiga 15,7 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib olgan soxta operator qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan kredit banker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing