Namanganda bir kishi yangi kelin-kuyovga koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov telemurojaat bilan chiqqani haqida xabar bergan edik. Viloyat hokimi ushbu chiqishida Namangandagi koronavirus holati bo‘yicha bir qancha ma’lumot berib o‘tdi.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi chora tadbirlarga qaramasdan aholi ushbu kasallikning xavfini tushunib yetmayapti. Xususan, ko‘cha-ko‘ylarda to‘planib o‘tirish, zaruratsiz ikki-uch kishi yoki undan ham ko‘proq bo‘lib ko‘chada sayr qilish va niqobsiz yurish holatlari uchramoqda. 

Ta’kidlanishicha, ehtiyotsizliklar tufayli ushbu virusni juda ko‘p odamlar yuqtirib olayotgani ma’lum qilingan. Jumladan, joriy yilning mart oyida bir kishi yangi kelin-kuyovga virusni yuqtirgani aniqlangan.

"Bir kishi 19 mart kuni bir oilada o‘tkazilgan to‘y marosimiga borib, bu marosimda 18 kishiga, jumladan, yangi kelin-kuyovga ham virus yuqtirgani fuqarolarimizga xulosa qilish uchun misol bo‘lmayaptimi?”, deydi Xayrulla Bozorov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ba’zi odamlar ushbu virus alomatlarini shamollash deb hisoblab, uyda davolanishga urinmoqda. Natijada ular kasallikni oila a’zolariga, qolaversa, tez tibbiy yordam xodimlariga yuqtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, koronavirusga chalinganlar 896 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 66 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Koronavirus

Baholaganlar

304

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing