Namanganda attraksion yosh bolani qisib qoldi
Jamiyat
−
07 iyun 2022
11128Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Namangan shahrida Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 2022 yil 3 iyun kuni soat taxminan 11 larda “Velotrek” attraksionida sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida videorolik tarqaldi. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ushbu hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
“Namangan gullar bayrami 2022” tadbiri munosabati bilan joriy yilning 30 mayida Bobur bog‘i hududida ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida yakka tartibdagi tadbirkor X.A.ga tegishli “Velotrek” attraksioni bo‘yicha ma’lumotnoma rasmiylashtirilgan hamda ushbu attraksiondan sanoat xavfsizligi talablari va "Attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari"ga rioya qilgan holda foydalanish, uni ekspluatatsiya qiluvchi operator xodimlarni o‘qitish zarurligi to‘g‘risida yozma ko‘rsatma berilgan va tadbirkordan attraksionni o‘zboshimchalik bilan ishlatmaslik to‘g‘risida tilxat olingan.
Shunga qaramasdan, tadbirkor o‘ziga tegishli “Velotrek” ko‘chma attraksionini tegishli hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan ishlatgan. 3 iyun kuni fuqaro M.M. “Velotrek”da o‘tirgan do‘stini o‘zi uchirmoqchi bo‘lib attraksionda qoqilgan.
Maxmudov Muhamadjonga jiddiy shikast yetmagan, unga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi