Namanganda 84 yoshli bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 22 may kuni Namangan viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Sog‘ayib chiqqanlarning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 2 nafari ayollardir. Kasallikdan forig‘ bo‘lganlarning barchasi Namangan viloyatidan (4 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari esa Namangan shahridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 84 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 48 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 219 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 224 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2412 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 3006 kishida koronavirus aniqlandi. Bugungacha bemorlarning 13 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing