Kurs UZS

USD

12 880.00

19.91

EUR

13 507.26

-8.69

RUB

124.01

0.37

Namanganda 74 yoshli keksa ayolni tosh bilan urib o‘ldirgan shaxs 20 yilga qamaldi

Jamiyat

image

Namanganda mast holdagi fuqaro 74 yoshli keksa ayolni ayovsiz kaltaklab, uni o‘ldirdi.

Jinoyatchi Sharif Atabayev o‘sha kuni ko‘p ichilgan spirtli ichimlik ta’sirida bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 12:45 largacha tungi barda bo‘ladi. 

“U mast holatda ko‘chaga chiqadi va unda yengiltabiat ayollar bilan ko‘ngilxushlik qilish istagi paydo bo‘ladi. Klubning orqa tomonida bo‘lgan hojatxonada ishlovchi Nadejda ismli ayoldan ular haqida ma’lumot so‘raydi. Ayolning: “Bunday ishlar bilan shug‘ullanma, uyinga ket”, degan gapi yigitga yoqmagan. Va u ayolning boshi va tanasining boshqa a’zolariga tosh bilan urib, uni o‘ldirgan“, dedi jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi sudyasi Azamat G‘afforov.

Sharif Atabayevning o‘zi bu haqida shunday dedi: “O‘zim yakka holda ichgan edim. Ayoldan dam olish uchun qizlarni so‘ragandim. Uning gapidan jahlim chiqib ketdi. O‘ldirish niyatim bo‘lmagan edi”.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan bu jinoiy xatti-harakat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari amalga oshirilib, jinoiy ishlari bo‘yicha viloyat sudida ham ko‘rib chiqildi. 

Sharif Atabayev Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”, “j”, “l” bandlari bilan ayblanib, unga nisbatan uzil-kesil 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Sharif Atabaev

Baholaganlar

298

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing