Namanganda 70 ga yaqinlashgan cholning yana bir qizchaga tajovuz qilgani tasdiqlanmadi
3-sahifa
−
11 may
8851Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 7 yoshli qizga 68 yoshli erkak tahdid qilib, o‘zining g‘arazli niyatini amalga oshirgani haqida xabar tarqalgandi. O‘rganishlar natijasida mazkur holat Namangan shahrida yuz bergani, gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy ish ochilgani ma’lum qilindi.
Shundan so‘ng ushbu erkak yana bir voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgani haqidagi gap-so‘zlar bolaladi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z munosabatini bildirdi.
Surayyo Rahmonovaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan voqea o‘rganib chiqilgan.
"Bu aynan Namangandagi holatning o‘zginasi ekani aniqlandi. O‘sha qizchaning onasi murojaatidagi ma’lumotlardan boshqa yangi dalillar mavjud emas", deyiladi Bolalar ombudsmanining izohida.
LiveBarchasi