Namanganda 7 yashar qizga buzuq harakatlar qilgan 70ga yaqinlashgan chol qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Avvalroq, Namangan viloyatida 68 yoshli erkak 7 yashar qizni o‘z avtomashinasiga chiqarib, unga uyatsiz va buzuq harakatlar qilgani aytilgan va mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi. Endilikda mazkur jinoyat qayta malakalandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

“Dastlabki tergov davomida o‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida joriy yilning 1 may kuni B.I.ning qilmishi Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi bilan qayta malakalandi va u protsessual tartibda ushlanib, sudga kiritilgan iltimosnoma asosida sud tomonidan B.I. ga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Namangan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing