Namanganda 68 yoshli erkak YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 3 iyul kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 68 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

YTH soat 19:00 larda, 4R-113 Yangiqo‘rg‘on-Kalishox yo‘lining 28 km da shu tumanda yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-21063 rusumli avtomashinasida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan, 1952 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda A.To‘raboyev tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

101

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing