Namanganda 517 tup ko‘knori yetishtirgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
12:58 1326 1 daqiqa
Namangan viloyatining Chust tumanida 517 tup “ko‘knori”ni o‘z uyining tomorqasida yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 23 may kuni Chust tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan tadbir davomida Chust tumani Qayirma mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni va hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. O‘rganishlar davomida xonadon egasi o‘z ekin maydonida 517 tup “ko‘knori o‘simligini yetishtirib, parvarishlayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda o‘z uyining tomorqasida taqiqlangan giyohvand modda – jami 100 tupdan ko‘p kannabis o‘simligini yetishtirib kelayotganlar qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi