Namanganda 3 oy davomida ishsiz va maoshsiz qolgan hamshiralar talabi qondirildi
Jamiyat
−
17 noyabr 2020
4575Namanganda karantindan so‘ng sababsiz ishsiz va maoshsiz qolgan 56 nafar hamshira muammosi ijobiy hal qilingan. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi.
Ayrim hududlarda pandemiya sharoitida maktab hamshiralari xonadonlarda dizinfeksiya va potranaj xizmatlarini amalga oshirish uchun jalb etilgan. Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida jami 56 nafar maktab hamshirasi ana shunday ishlarga chaqirilib, keyinchalik mehnat ta’tiliga chiqarilgan. Oqibatda, hozirgi kunga qadar ular besabab ish beruvchi tomonidan ish bilan ta’minlanmay qolgan.
Bunday hollarda Mehnat kodeksining 159-moddasiga muvofiq, xodimning sababsiz ishsiz qoldiriligan taqdirda ularning o‘rtacha ish haqi saqlanishi va to‘lab berishi ko‘rsatilgan.
Ish bilan ta’minlanmaganligi sabab yagona daromad manbaidan ajarlagan hamshiralar uch oylik ish haqlarini to‘lab berilishini so‘rab, bir nechta idoralarga murojaat qilishgan. Ammo bu harakatlardan natija olisholmagach, “Yangiqo‘rg‘on” MFY hududidagi Adliya bo‘limiga ariza yo‘llashgan.
Hozirda murojaatlar ko‘rib chiqilib, 56 nafar hamshiraga 3 oylik o‘rtacha ish haqi to‘lab berilib, ish bilan ta’minlangan.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi