Namanganda 25 bolani Damas'da tashigan haydovchi ushlandi (video)
3-sahifa
−
28 aprel
3794Joriy yilning 23 aprel kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida Damas avtomobilida 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani haydovchi aniqlandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kosonsoy tumanining Jar mahallasi hududida Damas avtomashinasi to‘xtatilib, tekshirilganda, unda 1 ayol va 25 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani ma’lum bo‘lgan. Haydovchining ma’lum qilishicha, u bolalarni shu mahallada joylashgan xususiy bog‘chaga olib borayotgan bo‘lgan.
Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Namangan viloyatining Namangan tumanida Damas rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lovchi tashish qoidalariga zid ravishda 25 nafar bog‘cha bolasini olib harakatlangani aniqlangandi.
LiveBarchasi