Namanganda 200 mln so‘mlik elektrni o‘margan fermer ushlandi
3-sahifa
−
17 fevral
3658Namangan viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Uychi tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida “J.B.” fermer xo‘jaligi rahbari G‘.S. “Jiydakapa” MFY hududida joylashgan ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 200,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi departamentning xabarida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘onada 140 mln so‘mlik elektr quvvatidan noqonuniy foydalanganlar aniqlangandi.
Javohir Yo‘ldashov
LiveBarchasi