Namanganda 20 yoshli qiz YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 26 aprel kuni soat 15:45 larda Namangan shahridan o‘tuvchi 4R 112 “Farg‘ona xalqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 78-km.da, piyoda yuk mashinasi urib yuborishi natijasida vafot etdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

1959 yilda tug‘ilgan haydovchi N.G‘. Isuzu rusumli yuk transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda 2000 y.t. A.Sh. (qiz) og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

435

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing