Namanganda 2 yoshli bola va uning onasini sigir suzib, tepkiladi (video)
3-sahifa
−
23 iyul 22556 1 daqiqa
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 yoshli bola va uning onasini sigir suzib, jarohat yetkazdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyul kuni 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan qoramollarni boshqa hududdagi yer uchastkasidan yashash uyiga olib kelayotgan bo‘lgan. O‘sha paytda qoramollar uyi oldida o‘ynab yurgan, 2023 yilda tug‘ilgan bola va uni himoya qilmoqchi bo‘lgan onasini suzib, tan jarohati yetkazgan.
Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ona o‘rtacha og‘ir va voyaga yetmagan bola yengil tan jarohati olgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining bergan ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchilarga 18 iyul kuniyoq yashash uyiga ruxsat berilgan va hozirda ular yashash uyida ambulator sharoitda davolanmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi