Namanganda mudhish YTH. 16 yashar “haydovchi” halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 6 fevral kuni Namangan shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 16 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB ma’lum qildi.

YTH 6 fevral kuni soat 12:30 larda Namangan shahar Boburshoh ko‘chasida joylashgan “Atlas MCHJ” binosi oldida yuz bergan. 2005 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan shaxs tegishli hujjatlarsiz Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton stolbaga urilgan.

Natijada haydovchi og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Avtomashinadagi 2005 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi esa “bosh miya yopiq shikasti” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

181

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing