Namanganda 12 yoshli bola attraksionda jarohatlanib, vafot etdi
3-sahifa
−
16 may 2023
9032Shu yilning 14 may kuni soat 11:30 larda 12 yoshli bola Namangan shahrida istirohat bog‘idagi attaraksionda aylangan vaqtida bosh qismidan tan jarohati olib vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatida er-xotin va ularning farzandi o‘tirgan attraksion uzilib ketib, 6 metr uzoqlikka uchib ketgani haqida xabar berilgan edi. Hodisa Buxoro shahridagi “Somoniylar” nomli markaziy madaniyat va istirohat bog‘idagi “Tvister” attraksionida ro‘y bergandi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati markaziy istirohat bog‘idagi attraksionda voyaga yetmagan qiz uchayotib, ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgandi. Qiz og‘ir ahvolda tuman shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi.
LiveBarchasi