Namanganda haydovchi ayanchli YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 avgust kuni Namangan viloyatining Pop tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir odam halok bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.

YTH soat 21:30 larda Pop tumani Tepaqo‘rg‘on mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Nexia rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan M-412 rusumli avtomashina yo‘liga chiqib ketib, to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada M-412 ning tom qismiga yuklangan qurilishda ishlatiladigan temir mahsuloti Nexia oynasini majaqlab haydovchiga sanchilgan. Temirning qolgan qismi esa avtomobilning yukxonasini teshib o‘tgan. Buning oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgan. Uning yonidagi turmush o‘rtog‘i esa og‘ir tan jarohati olib, shifoxona jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

198

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing