Namanganda ham bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
3-sahifa
−
18 dekabr 2023
5178Namanganda bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 15 dekabr kunidan 16 dekabr kuniga o‘tar kechasi Yangi Namangan tumani, “Beruniy” MFYda yashagan fuqaro M.M. (1975 y.t.), turmush o‘rtog‘i K.K. (1982 y.t.) hamda ularning farzandi M.M. (2004 y.t.) va voyaga yetmagan X.M. (2009 y.t.) is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Oila a’zolari yashash xonadoni oshxonasidagi gaz plita orqali rezina shlang bilan zavod usulida tayyorlangan “Eron pechkasi”ga ulanib, pechkadan tabiiy gaz isi chiqishi oqibatida zaharlanib, vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotda fuqaro M.M., K.K., M.M. va voyaga yetmagan X.M.larning o‘limi is gazidan organizmning umumiy zaharlanishi oqibatida yuzaga kelgani ko‘rsatilgan. Ularning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy va boshqa turdagi tegishli ekspertizalar tayinlandi.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani, “Obod” MFY hududida yashovchi oila (er-xotin va ularning ikki nafar qizi) is gazidan vafot etgandi.
LiveBarchasi