Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovich Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuraturaning Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Akmalxo‘ja Mavlonov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati va Toshkent shahriga ham yangi prokuror tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Tayinlov

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing